“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda AYoQShlarda AI-80 markali benzin narxi oshganligi toʻgʻrisidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Xabarga koʻra, “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYoQShlarida bugungi kunda 1 litri 6 800 soʻmni tashkil qilayotgan AI-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmagan.
“Taʼkidlash kerakki, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 2022-yilning shu davriga qadar 749,7 ming tonna xomashyo qayta ishlandi. Jumladan, avtobenzin (109,5%), dizel yonilgʻisi (113,2%) boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlari ijrosi toʻliq taʼminlandi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Taʼkidlanishicha, 72,7 ming tonna Yevro 4−5−6 ekologik toifadagi dizel yonilgʻisi hamda 179 tn miqdorida yuqori oktanli AI-98 rusumli avtomobil yonilgʻisi ishlab chiqarilgan.
Avvalroq ham kompaniya 1-iyundan aksiz soligʻining oʻzgarishi “Oʻzbekneftgaz” AYoQShlarida benzin narxiga taʼsir oʻtkazmasligi haqida aytgandi.