Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan sport sohasidagi maktabdan tashqari nodavlat sport-taʼlim muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi. Bunda:

  • yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-taʼlim muassasasi uchun davlatning bino va inshootlarini 2024-yil 1-yanvargacha ijara toʻlovlarisiz berish;
  • 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha nodavlat sport-taʼlim muassasasi tomonidan xizmatlarni koʻrsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara toʻlovi xarajatlarini 50% ga kamaytirish koʻzda tutiladi.

Shuningdek, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan nodavlat sport-taʼlim muassasalari trenerlariga bir martalik pul mukofotlari toʻlanadi.

Avvalroq yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 75%igacha qismi qoplab berilishi haqida maʼlum qilingandi.