Xiaomi Germaniyaning Leica kamera ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 12S, 12S Pro va 12S Ultra flagman smartfonlarini taqdim etdi. Qurilmalar dastlab faqatgina Xitoyda sotuvga chiqariladi.

12S Ultra

Xiaomi liniyasining eng qimmat modelini 50 Mp va 1 dyuymli Sony IMX989 kamerasi bilan jihozladi.

Xiaomi smartfonning asosiy kamerasining yorugʻlikka sezgirligi iPhone 13 Pro Max-nikidan 76% ga yuqori ekanligini maʼlum qildi. Shu tufayli, 12S Ultra hatto past yorugʻlik sharoitida ham batafsil tasvirlarni olishga qodir, shu bilan birga turli nuqsonlarni, jumladan, xromatik aberatsiya va chaqnashlarni bartaraf etadi.


Smartfon asosiy moduldan tashqari oʻta keng burchakli kamera va 5x optik zum uchun periskop dizayniga ega sensor bilan jihozlangan. Ikkala Sony IMX586 kamerasining oʻlchamlari 48 megapikselni tashkil qiladi.

12S Ultra suratga olish uchun Dolby Vision HDR texnologiyasi va Leica xususiy filtrlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Xiaomi smartfonni 3200×1440 pikselli 6,73 dyuymli AMOLED displey bilan jihozladi. Qurilma AdaptiveSync Pro texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi, buning natijasida ekranning yangilanish tezligi ishlayotgan ilovaga qarab 1 dan 120 Gts gacha oʻzgarib turadi. Barmoq izi skaneri displey ostiga oʻrnatilgan.

Smartfon korpusining orqa yuzasi juda chidamli va bardoshli ekologik toza silikon teridan qilingan.


12S Ultra 3,2 gigagertsli chastotada ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 8+ Gen 1 protsessoriga ega. Operativ xotira miqdori 8 yoki 12 GB, oʻrnatilgan UFS 3.1 formati esa modelga qarab 256 yoki 512 GB.

Batareya quvvati — 4860 mA / soat. Qurilma 67 Vt tez zaryadlashni va 50 Vt simsiz zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi.

12S va 12S Pro

Smartfonlar sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 8+ Gen 1 protsessori bilan jihozlangan, ularning chastotasi 3,2 gigagertsgacha. Operativ xotira qurilmalari miqdori modelga qarab 8 yoki 12 GB, oʻrnatilgan xotira esa 128, 256 yoki 512 GB.

12S Pro 3200×1440 pikselli 6,73 dyuymli AMOLED LTPO 2.0 ekraniga, maksimal yorqinligi 1500 nitsga, Dolby Vision qoʻllab-quvvatlashiga va 1 dan 120 Gts gacha boʻlgan dinamik yangilanish tezligiga ega.

12S uchta kameraga ega: optik tasvirni barqarorlashtirishni qoʻllab-quvvatlaydigan 50 megapikselli asosiy kamera, 13 megapikselli ultra keng burchakli kamera va 5 megapikselli makro linza.


“Eski” model 50 megapikselli asosiy, telefoto va ultra keng burchakli kameralar bilan jihozlangan. Ikkala smartfonning optikasi Leica mutaxassislari tomonidan sozlangan.

12S batareyasining sigʻimi 4500 mA/soat, 12S Pro-ning esa 4600 mA/soat. “Yosh” model 67 Vt tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi, “eski” model esa 120 Vt quvvatni qoʻllab-quvvatlaydi.