Dunyoning yetakchi mehmonxonalar guruhi boʻlgan Accor Hyper kompaniyalar guruhi bilan Oʻzbekistonda uchta yangi premium mehmonxona ochadi. Bu haqda Spotga kompaniya vakillari maʼlum qildi.

Imzolangan memorandumlarda mustaqil mehmonxonalar rebrendingini oʻtkazish va Samarqand shahrida “Mövenpick Samarkand” hamda Toshkent shahrida “Swissôtel Tashkent” mehmonxonalarini ochish, shuningdek, Toshkent viloyatining Navobod qishlogʻida yangi “Swissôtel Charvak” mehmonxonasini qurish koʻzda tutilgan.

Mazkur uchta mehmonxonada jami xonalar soni 500 dan ortiq xonani tashkil etadi, ularni yaqin yillarda ochish rejalashtirilgan.

“Bugun biz uchun muhim kun. Uchta yangi loyihaning imzolanishi bilan biz nafaqat Oʻzbekiston mehmonxona bozoridagi oʻrnimizni sezilarli darajada mustahkamlayapmiz, balki mamlakat uchun ikki yangi brend — Swissôtel va Mövenpickni taqdim etyapmiz, ular nafis Shveytsariya hashamati va mehmondoʻstlik anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan”, — dedi Accor New East Europe bosh direktori Aleksis Delaroff.

Movenpik Samarqand

Mehmonxona Samarqand shahrida joylashgan “Registon Plaza” mehmonxonasini taʼmirlash va rebrending qilish natijasida ochiladi. Yetti qavatli “Mövenpick Samarkand” 165 ta xonadan iborat boʻlib, spa markazi, “launj-bar” va gastronomik restoran kabilarni oʻz ichiga oladi.


Mövenpik Samarqandning ochilishi 2022-yilning oxiriga rejalashtirilgan.

Swissôtel Tashkent

“Swissôtel Tashkent” Temuriylar tarixi davlat muzeyi yaqinida joylashgan “Miran International” mehmonxonasini taʼmirlash va rebrending qilish natijasida ochiladi. Mehmonlar turli toifadagi 173 xonalardan birini tanlashlari, shuningdek, restoranlar va sogʻlomlashtirish markazi xizmatlaridan bahramand boʻlishlari mumkin.

“Swissôtel Tashkent” 2023-yilning uchinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan.

Swissôtel Charvok

“Swissôtel Charvak” Navobod qishlogʻida, dengiz sathidan 575 metr balandlikda joylashgan Chorvoq sunʼiy koʻli va uning qumli plyaji yonida quriladi.

Mehmonxona 206 ta xonadan iborat boʻladi. Majmua infratuzilmasi SPA, fitnes markazi, uchta basseyn, ikkita restoran, bar, tantanali tadbirlar uchun banket zali va ishbilarmon uchrashuvlar uchun majlis zallarini oʻz ichiga oladi.

Swissôtel Charvak 2024-yilda ochilishi rejalashtirilgan.


Avvalroq Spot nashri Accor 2023-yilgacha Toshkentda mehmonxona ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shundan keyin yozda hotel groupʼning birinchi mehmonxonasi ochilishi haqida ma’lum qilindi. Bu Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan toʻrt yulduzli Mercure boʻlishi aytildi. Mehmonxona Lumiere Hotel & SPA Tashkent mehmonxonasini taʼmirlash natijasida ochiladi. Unda 126 ta xona, yopiq basseyn va saunaga ega spa, fitnes zali, shuningdek, restoran, kafe va lobbi bar mavjud.

Accor — 1967-yilda tashkil etilgan eng yirik xalqaro mehmonxona operatori. Accor Group dunyoning 110 ta davlatida 5 mingdan ortiq mehmonxona va 10 ming restoran, kafe va barlarni birlashtiradi.