HeadHunter kompaniyasi hh.uz saytida joylashtirilgan ish beruvchi kompaniyalar tomonidan joylashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlarining tahlili asosida iyun oyi holatiga ko‘ra (Spot'da mavjud) mehnat bozorining ko‘rinishini tayyorladi.

Mazkur davrda eng yuqori haq to‘lanadigan ish haqi avtomobil biznesi vakillariga taklif etilmoqda — o‘rtacha 11,7 mln so‘m.

Keyingi o‘rinda 11,6 mln so‘m ish haqi bilan top-menejerlar, so‘ngra konsultantlar (10,4 mln so‘m) joylashdilar. IT mutaxassislariga esa o‘rtacha 9,5 mln so‘m taklif etilmoqda.

Ish beruvchilarning deyarli 60%iga 1−3 yillik tajribaga ega xodimlar kerak.

Barcha sohalar bo‘yicha ish beruvchilar takliflari, so‘mda:

Sohalar

O’rtacha ish haqi

Maksimal ish haqi

Avtomobil biznesi

11 712 908

18 246 230

Ma’muriy xodimlar

3 560 904

9 711 897

Banklar, investitsiyalar, lizing

7 527 416

21 055 497

Xavfsizlik

2 510 980

5 341 553

Buxgalteriya, boshqaruv hisobi, tashkilot hisoblari

5 996 720

15 791 672

Yuqori menejment

11 617 622

31 583 344

Xom-ashyoni qazib olish

3 075 398

3 399 134

Mahalliy xodimlar

2 489 279

5 827 257

Xaridlar

5 233 444

9 711 897,1

O‘rnatish va xizmat ko‘rsatish

5 151 375

16 995 869

Axborot texnologiyalari, internet, telekom

9 548 155

42 111 192

San’at, mass-media

5 247 451

15 481 548

Konsultatsiya (maslahat) berish

10 437 098

49 045 386

Marketing, reklama, PR

5 530 745

14 567 944

Tibbiyot, farmatsevtika

6 880 732

19 423 992

Ilm-fan, ta’lim

5 787 012

13 686 103

Sotuvlar

5 484 187

16 995 869

Ishlab chiqarish

7 135 815

21 700 800

Ishchi xodimlar

4 762 339

17 459 280

Sport klublari, fitness, go‘zallik salonlari

3 870 239

10 683 107

Sug‘urta

7 283 972

9 711 897

Qurilish, ko‘chmas mulk

6 410 022

19 423 992

Transport, logistika

8 592 333

11 580 533

Turizm, mehmonxonalar, restoranlar

4 384 153

9 864 000

Kadrlar boshqaruvi, treninglar

5 907 944

13 596 735

Yuristlar

7 670 838

25 736 754