“Roodell” “Chery Automobile” bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Spot"ga xabar berdi.
Unga ko‘ra kompaniya “Chery” avtomobillarining O‘zbekiston bozoridagi rasmiy distribyutoriga aylandi va endilikda u brendni ilgari surish bilan shug‘ullanadi.
“Bugun biz o‘z imkoniyatlarimizni birlashtirib, O‘zbekiston avtomobil bozorining rivojlanish tarixida yangi sahifa ochmoqchimiz. Shartnomaning imzolanishi faqat boshlanishi. Oldimizda juda ko‘p murakkab, ammo qiziqarli vazifalar turibdi”, — dedi “Roodell” bosh direktori Doniyor Davletiyarov.
O‘zbekistonda uchta Chery modeli yig‘iladi. Birinchi model Tiggo 8 Pro Max bo‘lib, u mustahkam interyer va yuqori texnologik imkoniyatlarga ega bo‘lgan to‘liq uzatmali 7 o‘rindiqga ega krossover.
Avtomobil maksimal quvvati 186 ot kuchiga ega 1,6TGDI dvigateli bilan jihozlanadi.
Keyingi model Tiggo 7 Pro bo‘lib, maksimal quvvati 165 ot kuchiga ega 1,5 TCI turbo dvigatel bilan jihozlangan.
Besh oʻrindiqqa ega avtomobil 6,6 litr yoqilgʻi sarfi bilan taʼminlangan.
Arrizo 6 Pro — o‘rta darajadagi sedan. Unda 147 ot kuchiga ega 1,5 litrli benzinli turbo dvigatel joylashgan, hamda avtomobilda 9 pogʻonali uzatmalar qutisi mavjud.
2021 yilda model 7-Carsughi LʼAuto Preferita tanlovida “Best Medium” mukofotini olgan.
“Chery” Xitoy avtomobil brendlari orasida yetakchilik qiladi. So‘nggi uch yil ichida u eng mashhur avtomobil brendlari qatoriga kirdi.
Iyun oyida kompaniya Oʻzbekistonga ilk avtomobillarini yubordi. Ular koʻrgazma va test-drayvlar uchun qoʻllaniladi.
Kompaniya Oʻzbekiston avtomobil bozoriga kirishga 2021-yilda hozirlik koʻrishni boshlagandi.