O‘zbekistonda dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Markazga tibbiy, klinik va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash uchun Koreya “Eksimbank"i jamg‘armasi kreditlari yo‘naltiriladi.
Loyihaning qiymati $125 mln boʻlib, Koreya jamg‘armasi — $105 mln, O‘zbekiston esa — $20 mln mablag‘ kiritadi.
Markazni ishga tushirilishi natijasida 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, u quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- dori vositalarining klinik tadqiqotlarini xalqaro etik va ilmiy standartlar talablariga muvofiq tashkil etishni joriy etish;
- respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilishni muvofiqlashtirish;
- “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga muvofiq dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishni tashkil etish;
- jenerik dori vositalarining original dori vositalariga farmakologik bioekvivalentligini aniqlash;
Shuningdek, markaz klinik tadqiqot subyektida dori vositalarining farmakokinetik tadqiqotlarini o‘tkazib, tibbiyot xodimlarining klinik tadqiqotlar o‘tkazish sohasida malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Iyun oyida Jahon banki qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun Oʻzbekistonga $143 mln ajratishi ma’lum bo‘ldi.
loyiha energiya tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya sohalariga sarmoya kiritish uchun ragʻbat yaratishda muhim oʻrin tutadi.