Humans 2022 yilning 1-yarim yilligi bo‘yicha moliyaviy va operatsion natijalari haqida “Spot"ga ma’lum qildi.

Kompaniya joriy yilning birinchi choragini 88,9 mln soʻm foyda bilan yakunlagandi. Uning 6 oy davomidagi tushumi $14,7 mln,ni tashkil qilib, 2021-yilning mos davriga ko‘ra 57%ga o‘sdi.

Humans VISA bank, shu jumladan, plastik va virtual kartalarning soni esa 750 mingtani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62%ga ko‘pdir.

Shuningdek, Humans VISA kartalari bilan oʻtkazilgan tranzaksiyalar ning soni 364%ga oʻsdi. Mobil ilovadagi tranzaksiyalar hajmi, masalan, C2C o‘tkazmalari miqdori $23,5 mln.ni tashkil etdi (722%).

Bugungi kunda fintex-platformadan 2 mln.dan ortiq mijoz foydalanadi. Kompaniya asoschisi Vladimir Dobrinin O‘zbekistondagi eng qimmatbaho xususiy kompaniyani barpo etishni maqsad qilgan.

U 4 yildan keyin kompaniya millionlab mijozlarga xizmat ko‘rsatishini, bozorda barqaror o‘rin egallashidan umidvor.