Moliya vazirligi 2022-yilda tijorat banklarining ipoteka kreditlash bozoridagi ulushi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga koʻra 6 oy davomida aholiga 3,6 trln soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan.
Mazkur davrda eng koʻp mablagʻni “Qishloq qurilish banki” ajratgan boʻlib, 987 mlrd soʻmni tashkil etdi va bank kreditlash bozorining 27,2%ini egalladi.
Keyingi oʻrinlarda “Ipoteka-bank” va Oʻzmilliybank" 890 va 532 mlrd soʻm bilan joylashdi.
“Xalq banki” va “OFB” esa bozorning deyarli 8%ini egalladi. Ular mos ravishda 300 mlrd soʻmga yaqin kredit ajratgan.
6-iyul kuni prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ipoteka kreditlaridan foydalanish darajasi ko‘rib chiqildi.
Xususan, joriy yilda byudjetda tijorat banklariga 43 mingta uy-joy uchun 13 trln so‘m, 29 ming nafar aholiga subsidiya uchun 1,2 trln so‘m ko‘zda tutilgan.
Lekin o‘tgan olti oyda aholiga bu mablag‘larning faqat 28−30%i berilgan.
Shu bois bu borada byurokratiyani kamaytirish, aholiga kompleks xizmat ko‘rsatadigan ipoteka markazlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.