Prezident qarori bilan Neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi.
Neft va gaz sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash ta’lim klasterining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Ta’lim klasteri doirasida maktab o‘quvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yo‘naltirish maqsadida aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv rejasi joriy qilinadi.
Shuningdek, ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integratsiya qilish yo‘nalishida:
- fan va mavzular amaliyotga yo‘naltiriladi;
- talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari shakllantiriladi;
- xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.
2022/2023 o‘quv yilidan mazkur soha bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar, hamda talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi.
Ilgari “Spot” Buxoro va Jizzaxda AQSH kompaniyalari uchun autsorsing xizmatlarini amalga oshiruvchi markazlar ishga tushirilgani haqida xabar bergandi.