Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-iyul holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 353 tani tashkil etgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 539 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:
- Rossiya — 2 654 ta
- Turkiya — 2 032 ta
- Xitoy — 2 011 ta
- Qozogʻiston — 1 161 ta
- Koreya — 905 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2022-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni esa:
- Rossiya — 399 ta
- Turkiya — 183 ta
- Xitoy — 124 ta
- Qozogʻiston — 100 ta
Avvalroq Spot 2021-yil Oʻzbekistonga 254 trln soʻm yoki $23,5 mlrd lik investitsiyalar oʻzlashtirilgani haqida yozgan edi.
Oʻzlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hajmi 9% ga oshgan, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar $8,6 mlrd ni tashkil etgan, bu 2020-yilda jalb qilinganidan 30% ga ($6,6 mlrd), shuningdek, 2021-yilda kutilayotgan ($7,5 mlrd)dan 14,6% ga koʻpdir.