Twitter Ilon Maskka qarshi sudga murojaat qilib, bitimni yakunlash va kompaniyani $44 mlrd.ga sotib olishni talab qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
Twitter Maskning iltimosiga koʻra, unga 49 TB hajmdagi foydalanuvchi maʼlumotlariga kirish huquqini bergan. Kompaniya barcha talablarni bajarganini daʼvo qilmoqda.
Shuningdek, Mask bitimdan bosh tortgani uchun maʼlumotlardan raqobatdosh ijtimoiy tarmoq yaratishda foydalanishi mumkin, degan xavotir mavjud.
Shu bilan birga, Mask Twitter bosh va ijrochi direktorlari bilan uchrashuvlarni eʼtiborsiz qoldirmoqda. Ilon, shuningdek, SEC maʼlumotlarini oshkor qilish qoidalarini buzdi va buning natijasida kompaniya “tuzatib boʻlmaydigan zarar"ga kirgan.
Bundan avval Twitter sarmoyadori Ilon Maskni sudga bergandi. Chunki milliarder kompaniya aksiyalarini sun’iy tushirilgan narxlarda sotib olgan va bu haqda belgilangan muddatda ommaga xabar bermagandi.