“IT Park"da “Top universitetlardagi startaplar: qabuldan loyihani ishga tushirishgacha” mavzusida mitap bo‘lib o‘tadi.
Spiker — Valera Arakelyan, u Yale-NUS College bitiruvchisi. Uning “Freshman Academy” startapi O‘zbekiston bo‘ylab dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga kirish boʻyicha yetakchilardan hisoblanadi.
“Freshman Academy” talabalari orasida Yale University, UChicago, NYUAD va dunyoning boshqa koʻplab nufuzli universitetlariga o‘qishga kirgan yoshlar ham bor.
Arakelyan xalqaro universitetlarga oʻqishga kirish va o‘qish tajribasi, startapining ishga tushirilishi, “Ivy League” va boshqa universitetlardagi startap madaniyati haqida gapirib beradi.
Uchrashuv 16-iyul 18:00 da “IT Park"ning Maxtumquli ko‘chasida joylashgan binosida o‘tkaziladi.
Mitap bepul, unda qatnashish uchun havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.
Ilgari “Spot” raqamli savodxonlik va grafik dizayn bo‘yicha bepul “Skills4Girls” loyihasi ishga tushirilgani haqida xabar bergandi. Unda Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkentdan 12−18 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashishlari mumkin.
“Skills4Girls"ning asosiy maqsadi qizlarni IT sohasida boshlang‘ich ko‘nikmalarga o‘rgatish bo‘lib, ularga kelajakda ishga joylashish yoki frilanser bo‘lib ishlash imkoniyatini berishdir.