O‘zbekistonda qurilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olishlari mumkin bo‘lgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Bunday huquqga 108 mamlakat fuqarolari ega, ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.
Buning uchun xorijliklardan O‘zbekistonda yashash guvohnomasi talab qilinmaydi. Ular quyidagi yangi ko‘chmas mulklarni sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqiga ega:
1. Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida — $180 ming ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari;
2. Boshqa hududlarda — $85 ming kvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari.
Joriy yilda mamlakatda 7000 dan ortiq mutaxassislar qo‘nim topdi. Shundan 6000 ga yaqini rus va belorus IT mutaxassislari boʻlib, ularning bir qismi AQSh kompaniyalari tomonidan koʻchirilgan.