Shayxontohur tumani, Olmazor koʻchasidagi binoning bir qismi auksion savdosiga qoʻyildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Qurilishi tugallanmagan bino “Tashkent City"da joylashgan. Obyekt 0,21 ga maydonda barpo qilinmoqda, uning umumiy maydoni 2148 kv metrni tashkil etadi.

Boshlangʻich narx — 6,2 mlrd soʻm, zakalat puli miqdori esa 313 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksion 15-avgust kuni 10:00 da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kunning 9:00 ga qadar qabul qilinadi.

Batafil ma’lumot bu yerda.