Telegram beta-versiya ishlab chiquvchilari Android qurilmalari uchun yangi imkoniyat qoʻshishdi. Bunda foydalanuvchilar ovozli xabarlar yuborishga taʼqiq qoʻyishlari mumkin, deya yozmoqda “Код Дурова” kanali.
Tegishli funksiya maxfiylik sozlamalarida paydo boʻladi. Masalan, bu orqali kontaktlarda boʻlmagan hammaga yoki ayrim foydalanuvchilarga ovozli xabarlarni yuborishni taqiqlash mumkin.
U barcha foydalanuvchilar uchun emas, faqat Telegram Premium obunachilari uchun mavjud boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, kompaniya Telegram Premiumni 2022-yil iyun oʻrtalarida taqdim etgan edi.