Joriy yilning birinchi yarim yilligida Xalq taʼlimi tizimida 270,4 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar oldi olinishiga erishildi. Shuningdek, 37,7 mlrd soʻmlik moliyaviy qonun buzilish holatlari (shundan, 10,4 mlrd. soʻmlik oʻzlashtirish) aniqlandi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan anjumanda maʼlum qilingan.

Qayd etilishicha:

  • 2020-yilda — 228,3 mlrd soʻm, shundan 70,7 mlrd.soʻmi kamomad va oʻzlashtirish;
  • 2021-yilda — 91,1 mlrd soʻm, shundan 27,1 mlrd soʻmi kamomad va oʻzlashtirish;
  • 2022-yilning I yarim yilligida esa — 37,7 mlrd soʻm, shundan 10,4 mlrd soʻmida kamomad va oʻzlashtirish holatlari aniqlangan.

Avvalroq davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari baholangandi. Unga koʻra, Xalq taʼlimi vazirligining faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan va 3-toifa tashkilotlari qatoriga kiritilgan.