2022-yilning olti oyi davomida Novosibirskka 163 mingdan ortiq fuqaro ishlash uchun kirib kelgan, xabar beradi “RBC”.
Muhojirlar asosan Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjondan keladi.
Vizasiz kelgan xorijlik fuqarolarga mehnat faoliyati uchun 22 mingta patent berilgan. Ular asosan qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida ishlaydi.
Yana 196 ta viza asosida kelgan xorijlik fuqarolar tomonidan ishlash uchun ruxsatnomalar olingan. Ular ishlab chiqarish, savdo, mehmonxona ishi va qishloq xoʻjaligida sohalarida band.
“Tolmachevo” aeroportining migratsiya masalalari boʻyicha boʻlimi boshligʻi Denis Gupenko migratsiya oqimi ikki baravar koʻpaygani va koʻrsatkichlar pandemiyadan oldingi darajaga qaytganini ta’kidladi.
Bugungi kunda xorijda vaqtinchalik faoliyat bilan shugʻullanayotgan oʻzbekistonliklar soni 2 mln.dan oshgan, shundan 568 ming nafari ayollar, 827 ming nafari esa yoshlardir.
Ularning asosiy qismi Rossiya, 366 ming nafari Qozogʻiston, 144 ming nafari Turkiya, 47 ming nafari Janubiy Koreya va 348 minggi boshqa mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.