Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8% ga oshgan.
2022-yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
- yanvarda — 97,8 ming tonna;
- fevralda — 98,2 ming tonna;
- martda — 92,6 ming tonna;
- aprelda — 93,7 ming tonna;
- mayda — 92,7 ming tonna;
- iyunda — 87,7 ming tonna.
Bundan avval “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda AYoQShlarda AI-80 markali benzin narxi oshganligi toʻgʻrisidagi xabarlarga munosabat bildirgandi. Unda “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYoQShlarida bugungi kunda 1 litri 6 800 soʻmni tashkil qilayotgan AI-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmaganligi aytilgan.
Bundan tashqari, “Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida navbatdagi nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Unda AYoQShlar yoqilgʻi quyishda 60 ming litr kamomadga yoʻl qoʻygani aniqlandi.