Rossiyaliklar oʻtgan yilga qaraganda sezilarli darajada koʻproq aviachiptalarni sotib olishni boshladilar. Bu haqda TASS tadqiqoti natijalarida aytiladi.

“Talabning oʻtgan yilga nisbatan sezilarli oʻsishi Tojikiston, Qozogʻiston, Isroil va Tailandda kuzatilmoqda. Shuningdek, Belarusga — 97%, Oʻzbekistonga — 75%, Turkiyaga — 14%, Qirgʻizistonga — 8% ga reyslar ommalashdi. Ozarbayjon va Armanistonga esa qiziqish mos ravishda 45 va 32% ga kamaydi”, — deydi ekspertlar.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, 15-iyuldan keyin va avgust oyining oxirigacha xorijiy yoʻnalishlar orasida Armaniston eng koʻp talabga ega, shuningdek, Turkiya (16,8%), Qirgʻiziston (10,2%), Oʻzbekiston (6,8%) va Tojikistonga (6,1%) ham reyslar bron qilingan.

Avvalroq Oʻzbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng koʻp boradigan hududiga aylangani, Rossiyaning eng mashhur xorijiy yoʻnalishlari borasida TOP-3 roʻyxatini Armaniston, Gruziya va Oʻzbekiston egallagani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Turkiya fuqarolarining ishga joylashish maqsadida Oʻzbekistonga qilgan sayohatlari soni oshganligi ma’lum qilingan.