Oʻtgan uch yarim yillik davrda salkam $4 mlrd qiymatdagi 355 ta DXSh loyihasi amalga oshirilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, energetika sohasida 8 ta, kommunal xizmatlar sohasida 3 ta, sogʻliqni saqlash sohasida 47 ta, suv xoʻjaligi sohasida 132 ta, ekologiya sohasida 62 ta, taʼlim sohasida 61 ta, hunarmandchilik sanoati sohasida 13ta, madaniyat sohasida 22 ta, axborot texnologiyalari va bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 2 tadan, hamda transport, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, huquqni muhofaza qilish sohalarida 1 tadan loyihani tashkil etadi.

Shundan:

  • DXSh toʻgʻrisidagi bitim imzolangan loyihalar soni — 291ta;
  • DXSh toʻgʻrisidagi bitimi imzolanish arafasida boʻlgan loyihalar soni — 25ta;
  • tender bosqichida boʻlgan loyihalar soni — 39tani tashkil etadi.

Bildirilishicha, hozirda $14 mlrd qiymatidagi 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Spot Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan “Innoprom” xalqaro sanoat koʻrgazmasida Oʻzbekiston 15 ta shartnoma imzolagani haqida yozgan edi. Maʼlum boʻlishicha, shartnomalar umumiy qiymati $70 mln.ni tashkil etdi.