18-iyulda “UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodida Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oʻzbekiston Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan uchinchi mamlakatga aylandi. Ushbu bosqichda platformaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 ming dona Chevrolet Tracker avtomobilini tashkil etadi. Yangi Tracker quvvati 132 ot kuchiga ega.

Avtomobillar sotuvi joriy yilning 30-avgust sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda Chevrolet Tracker 3 ta asosiy: LS, LT va Premier komplektatsiyalarda ishlab chiqariladi. Kompaniyaga koʻra, avtomobilning texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:

  • 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 97 kW quvvatga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prime turbomotor;
  • 6-pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi;
  • aralash silkda tejamkor yoqilgʻi sarfi 6,9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yoʻlda harakatlanish- 5,6 l/100 km;
  • xavfsizlikni taʼminlash tizimi (past tezlikda avtomatik tormozlash, koʻrinishi cheklangan joylar monitoringi, faol favqulodda tormozlash, oldinda turgan toʻsiqlar haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya, yarimavtomat (parallel) toʻxtash tizimi;
  • haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (Klimat kontrol);
  • kruiz-kontrol;
  • kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
  • charmdan rul qoplami;
  • elektr mexanizmga ega haydovchi oʻrindigʻi;
  • eko-charmdan oʻrindiqlar qoplamalari;
  • simsiz zaryadlash;
  • toʻliq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar va h.k.


Avvalroq UzAuto Motors Lacetti va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarishni oshirgani haqida xabar berilgandi.