Shavkat Mirziyoyev bugungi yigʻilishda uy-joy bilan bogʻliq masalalarga toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari ipoteka kreditlarining cheklangan hajmi va subsidiya ajratishda byurokratiya boʻyicha aholi tomonidan koʻplab eʼtirozlar bildirilayotganini taʼkidladi.
Shu sababli 1-sentyabrdan boshlab:
- aholi daromadining kreditga yoʻnaltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasini oshirish;
- ipoteka kreditini ajratishda aholi daromadlari boʻyicha tijorat banklariga qoʻyiladigan talablarni yengillashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Mutasaddilarga ikki hafta muddatda subsidiya ajratishda byurokratiyani keskin qisqartirish, uni ochiq-oshkora qilib, toʻliq raqamlashtirish boʻyicha taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.
Bundan tashqari, yigʻilishda yil yakunigacha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga boʻlib berilishi, kelgusi yilda esa yana qoʻshimcha 100 ming gektar ekin maydoni ham aholiga tarqatilishi maʼlum qilindi.