E’tibor qarating: maqolani tayyorlashda banklarning rasmiy veb-saytlari, shuningdek, call-markaz operatorlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanildi. “Spot” ma’lumotni aniqlashtirish uchun bankka murojaat qilishni tavsiya etadi, chunki shartlar o‘zgarishi mumkin.


Iyul oyi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi banklar kreditni o‘rtacha 25% yillik stavka asosida taklif etmoqda. Dastlabki to’lov kamida 15% bo’lishi kerak.

Eng kam foiz stavkasi 17%, eng ko‘pi — 28%ni tashkil qiladi. Aksariyat hollarda dastlabki badal 25%dan, muddati esa 10 yildan ko’p bo‘lmasligi lozim.

Ushbu uch tarkibiy qism kombinatsiyasi kredit foydali bo‘ladimi yoki yo‘qligini belgilaydi. Muddat qancha kam va dastlabki badal qanchalik ko‘p bo‘lsa, yillik foiz stavkasi shuncha kam bo‘ladi.

Bunda ba’zan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit bo‘yicha faqat foizni to‘lab turishi va qarzning asosiy qismini to‘lamasligi mumkin.

Davlat dasturi bo‘yicha ipotekada maksimal summa Toshkentdagi uylarga 416,5 mln so‘m, viloyatlardagiga esa 327,2 mln.ni tashkil qiladi.

Subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka krediti maksimal summasidan oshib ketgan taqdirda ham to‘lanadi. Xarajatning qolgan qismini qarz oluvchi o‘z hisobidan to‘laydi.

Ipotekani rasmiylashtirish

Bank bo‘limiga birinchi marta borishdan avval oxirgi 6 oydagi daromadlar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlab qo‘ygan ma’qul. U bank xodimi bilan maslahatlashish vaqtida kredit qanday shartlar asosida ajratilishini aniqlash imkonini beradi.

Agar kreditni uzishga mablag‘ yetmaydigan bo‘lsa, hamkor jalb etish mumkin. Ariza beruvchi boshqa kredit bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi lozim.

Agar ipoteka shartlari qarz oluvchini qoniqtiradigan bo‘lsa, navbatdagi qadamga, ya’ni uy tanlash, uy quruvchi yoki mulk egasi bilan dastlabki shartnoma tuzish, mustaqil baholash o‘tkazish va boshqa hujjatlar to‘plashga o‘tish mumkin.

Ular orasida:

  • ariza;
  • pasport (arizachi va uning hamkoriniki);
  • 6 oy ichidagi daromad to‘g‘risidagi ma’lumot (arizachi va uning hamkoriniki) bor.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati bankning ichki siyosatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Bank hujjatarni ko‘rib chiqib, arizani ma’qullagandan so‘ng qarzdor va bank o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bu hujjat asosida uy xaridor nomiga rasman rasmiylashtiriladi, sug‘urta qilinadi va bankka garov rasmiylashtiriladi. Shundan keyingina quruvchi (yoki sotuvchining bank kartasiga) hisobiga pul o‘tkaziladi.

Sotib olinadigan uy kredit bo‘yicha garov hisoblanadi, shuning uchun uni sug‘urta qilish lozim. Bu ko‘chmas mulk garov qiymatining o‘rtacha 0,05−0,1%iga to‘g‘ri keladi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka

Bank nomi
Qishloq joylardan
Shaharlardan
“Agrobank”
17%
18%
"Аsakabank"
17%
"Аloqabank"
17%
18%
"Ipoteka-bank"
17%
18%
"Qishloqqurilishbank"
17%
"Mikrokreditbank"
17%
"Xalq bank"
17%
“O‘zmilliybank”
18%
"Orient Finans"
17%
“Turonbank”
17%
18%
"Sanoatqurilishbank"*
18%
"Hamkorbank"
17%

*"O‘zsanoatqurilishbank"da bank karta egalari uchun 17% stavkada kredit olish shartlari mavjud.

Oddiy ipoteka

Bank nomi
Stavka
Boshlang‘ich to‘lov
Muddat
Birlamchi/ikkilamchi
“Davr-bank”
27%
35%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
50%
ikkilamchi
30−50%
birlamchi/ikkilamchi
30%
15 yil
ikkilamchi
28%
15%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
25,99%
birlamchi/ikkilamchi
“Ziraat Bank Uzbekistan”
23,5%
25%
2 yildan 5 yilgacha
birlamchi/ikkilamchi
24%
5 yildan 7 yilgacha
25%
7 yildan 10 yilgacha
“InfinBank”
24,99%
26−50%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
51%
15 yil
“Ipak yo‘li bank”
26%
25%
5 yilgacha
birlamchi
“Kapitalbank”


27%


26%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
“Xalq bank”
25%
26%
15 yil
birlamchi/ikkilamchi
“O‘zmilliybank”
21%
40%
10 yil
ikkilamchi
23%
30%
24%
25%
“Orient Finans”
23%
35%
20 yil
birlamchi
25%
25%
24%
40%
ikkilamchi
26%
30%
“Poytaxt bank”
23%
25%
10 yil
birlamchi
“Saderat Bank”
20−25%
30%
7 yil
birlamchi/ikkilamchi
“Tenge Bank”
24,9%
35%
10 yil
ikkilamchi
“Hamkorbank”
25%
26%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi