Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini tashkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,2%ni, 16−30 yoshgacha bo‘lganlar orasida — 14,9%, ayollar orasida esa 12,8%ni tashkil etdi.
O‘tgan olti oyda 20 mingdan ziyod ishsiz fuqaroga 21,4 mlrd so‘m ishsizlik nafaqasi to‘langan.
2022-yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha respublikada mehnat resurslari soni 19,4 mln nafarga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 220 ming kishiga oshgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,6 mln kishini tashkil etib, shundan 2 mln.ga yaqin kishi xorijga ishlashga ketgan.
Ularning asosiy qismi Rossiya, 366 ming nafari Qozogʻiston, 144 ming nafari Turkiya, 47 ming nafari Janubiy Koreya va 348 minggi boshqa mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Bugungi kunda “Yagona milliy mehnat tizimi” elektron bazasi orqali 253 ming, shundan davlat tashkilotlarida 95 ming, xususiy subyektlarda 158 ming bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi.
Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bu yerda.
Ilgari “Spot” Novosibirskda oʻzbekistonlik migrantlar koʻpaygani haqida xabar bergandi. Ular asosan qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida ishlaydi.