AQShning “Starbucks” qahvaxonalar tarmogʻi Buyuk Britaniyada oʻz biznesini sotish imkoniyatlarini oʻrganmoqda, deya xabar bermoqda The Times.
Buyuk Britaniyada “Starbucks” 1000 dan ortiq qahvaxonalar va 4000 xodimga ega. Bosh kompaniya 300 ta qahvaxonani bevosita boshqaradi.
Nashrning qayd etishicha, Buyuk Britaniyada 25 000 dan ortiq qahvaxonalar faoliyat koʻrsatmoqda, “Starbucks” esa “Pret A Manger”, “Tim Hortons”, “Kosta” va minglab kompaniyalarning raqobatiga duch kelmoqda.
Shu sababli kompaniya keyingi rejalarini mamlakat bilan bogʻlamayapti.
Avvalroq Butcoin doʻkonlar tarmogʻi asoschisi Armen Saakyan “Spot"ga 4 yil ichida qanday qilib 10 ta filial ochgani va bu biznesning oʻziga xos tomonlari haqida gapirib bergan edi.