27-iyul kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Tadbirkor ayollar uchun mentorlik” dasturini yoʻlga qoʻymoqda.
Dastur shaxsiy biznesiga ega yoki biror loyihani boshqarayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Loyiha doirasida YeTTB mikro, kichik va oʻrta biznesni rentabellikka erishishda qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, biznes-maslahat xizmatlarining barqaror tizimini yaratishga yordam beradi.
Unda mentor yoki menti sifatida ishtirok etish mumkin:
Mentor
Mentor — tajribali mutaxassis boʻlib, u tinglovchiga koʻnikma va malakalarni rivojlantirishga, yangi maqsadlar qoʻyishga va ularga erishish yoʻllarini izlashga yordam beradi.
Unga qoʻyilgan talablar:
- tadbirkor ayollar yoki biznes sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan top-menejerlar;
- 5 va undan ortiq xodimga ega;
- kompaniyaning strategik rivojlanishi, xodimlarni va jamoani boshqarish hamda xodimlarni oʻqitish koʻnikmalariga ega boʻlgan tajribali menejer.
Menti
Menti — tadbirkor yoki menejer boʻlib, u biznesni rivojlantirishda tadbirkorlik tajribasi bilan oʻrtoqlasha oladigan, shuningdek, turli kasbiy va maʼnaviy yordam koʻrsatishga qodir boʻlgan tajribali hamkasbining yordamiga muhtoj inson.
Talablar:
- 2 va undan ortiq yil boshqarish tajribasiga ega boʻlgan tadbirkor yoki menejer ayol;
- biznesi kamida 3 nafar xodimga ega.
Dasturda qatnashish bepul. Ro‘yxatga olish 23-iyulga qadar davom etadi.