Markaziy bank iyul oyi uchun pul agregatlari statistikasini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, iyulda milliy valyutadagi pul massasi 5,2 trln soʻmga oshib, 113,6 trln soʻmga yetgan. Umuman yil boshidan beri iyun oyida birinchi marta milliy valyutadagi naqd pullar 7 trln soʻmgacha oshdi.
Muomaladagi naqd pullar massasi ham mos ravishda oʻsib, 40,5 trln soʻmni tashkil qilmoqda.
Iyunda 6 trln soʻmdan koʻproqqa oʻsish tendensiyasini koʻrsatgan xorij valyutasidagi depozitlar iyulga kelib 5,4 trln soʻmga kamaygan.
Avvalroq prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari soʻnggi oylarda naqd pulga boʻlgan talab oshishiga sabab boʻlayotgan omillarni tahlil qilgan edi.