2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $24,5 mlrd.ga teng boʻldi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda qariyb $6 mlrd.ga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport $9,9 mlrd.ni tashkil etdi. Bunda:
- mahsulotlar — $8,3 mlrd,
- xizmatlar — $1,6 mlrd olib kelgan.
Shuningdek, importga $14,6 mlrd sarflangan. Bunda, mahsulotlarning hissasi $13,5 mlrd, xizmatlarniki esa $1,1 mlrd.ni tashkil etgan.
Avvalroq qoʻmita yanvar-may oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlarni haqida xabar bergandi. Mazkur roʻyxatda $1052 mln bilan Xitoy yetakchilik qilmoqda.