E’tibor qarating: maqolani tayyorlashda banklarning rasmiy veb-saytlari, shuningdek, call-markaz operatorlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanildi. “Spot” ma’lumotni aniqlashtirish uchun bankka murojaat qilishni tavsiya etadi, chunki shartlar o‘zgarishi mumkin.
“Spot” O‘zbekiston banklaridagi mikroqarzlar stavkalari va shartlari qanday o‘zgarganini o‘rgandi. Iyul oyida 33 ta bankdan 19 tasi bu turdagi kreditni berishga tayyor.
Joriy yilning fevral oyiga nisbatan ayrim banklarda stavkalar 4−7%ga oshdi.
Beriladigan mikroqarz miqdori 1,5 mln.dan 50 mln so‘mgacha o‘zgarib turmoqda.
Aksariyat banklar sug‘urta polisi, avtomobil, ko‘chmas mulk shaklida 30−50 mln miqdorida kredit olishda likvidli garov talab qiladi. Agar kredit miqdori 30 mln.dan kam bo‘lsa, uchinchi tomon kafolati yetarli hisoblanadi.
Mablag‘larni bir oydan to‘rt yilgacha olish mumkin. Kreditni olishda quyidagilar kerak bo‘ladi:
- pasport;
- kreditni olish uchun ariza;
- daromad bo‘yicha ish joyidan guvohnoma (4 oydan 12 oygacha);
- kredit ta’minoti turlaridan biri.
Asosiy talab — qarz oluvchining boshqa kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzlari bo‘lmasligidadir.
Kreditni qaytarish bo‘yicha imtiyozli davr faqat “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan bir yildan uch yilgacha muddatga taqdim etiladi.
Ayni paytda “Ipoteka-bank”, “Xalq bank” va “Poytaxt bank"da mikroqarz faqat bankning ish haqi loyihasida ishtirok etayotgan tashkilotlar xodimlari uchun 24−28%dan ajratilmoqda. Batafsil ma’lumotni banklarning veb-saytlarida topishingiz mumkin.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Muddat | Pul miqdori (so‘mda) | Berish shakli |
“Agrobank” | 26% | 1 yil | 50 mln.gacha | bank kartasiga |
27% | 2 yil | |||
25% | 20 mln.gacha | onlayn | ||
27,99% | 1 yil | 10 mln.gacha | ||
“Аnorbank” | 25% | 2 yil | 50 mln.gacha | onlayn/naqd holda |
“Аsakabank” | 32% | 1 yil | 20 mln.gacha | |
34% | 2 yil | |||
“Аloqabank” | 26,9% | 1 oy | 2,450 mln | onlayn, bank kartasiga |
27% | 3 yil | 30 mln | bankning ish haqi kartasiga | |
27,9% | 50 mln.gacha | bank kartasiga | ||
“Asia Alliance Bank” | 23% | 1 yil | 50 mln.gacha | bank kartasiga |
26% | ||||
32% | 3 yil | |||
“Davr-bank” | 32% | 4 yil | 30 mln.gacha | onlayn/naqd holda |
32% | 4 yil | 25−30 mln | onlayn/naqd holda | |
38% | 30−40 mln | |||
38% | 50 mln | |||
42% | 3 yil | 5−25 mln | ||
42% | 3 yil | 50 mln | onlayn/naqd holda | |
“Ziraat Bank Uzbekistan” | 23,75% | 1 yil | 50 mln | bank kartasiga |
25% | 2 yil | |||
26% | 3 yil | |||
“Ipak Yo‘li” | 26,9% | 5 yil | 50 mln.gacha | bank kartasiga |
31% | 2 yil | 30 mln.gacha | ||
34,9% | 1 yil | onlayn | ||
“Madad Invest Bank” | 32% | 2 yil | 50 mln.gacha | onlayn/naqd holda |
33% | 1 yil | |||
36% | 2 yil | |||
“Мikrokreditbank” | 24% | 3 oy | 1,5 mln | onlayn |
27% | 1 yil | 5 mln | ||
27% | 1 yil | 50 mln.gacha | naqd holda/bank kartasiga | |
28% | 2 yil | |||
29% | 3 yil | |||
“O‘zmilliybank” | 30% | 1 yil | 50 mln.gacha | naqd holda/bank kartasiga |
“Orient Finans” | 30% | 1 oy | 2,2 mln | naqd holda |
32% | 1 yil | 15 mln | bank kartasiga | |
“Savdogarbank” | 26% | 1 yil | 50 mln | bank kartasiga |
26,9% | 2 yil | |||
“TBC Bank” | от 28% — 49% | 3 yil | 50 mln | onlayn |
“Tenge Bank” | 28,9% | 3 yil | 50 mln.gacha | onlayn/bank kartasiga |
35,9% | 1 yil | 20 mln.gacha | ||
“Trastbank” | 22% | 2 yil | 50 mln.gacha | naqd holda/bank kartasiga |
24% | 1 yil | |||
26% | 2 yil | |||
25% | 1 yil | 30 mln | ekspress-mikroqarz bank kartasiga | |
30% | 1 yil | 10 mln | onlayn | |
“Turonbank” | 29% | 3 yil | 30 mln.gacha | naqd holda/bank kartasiga |
29,9% | 50 mln.gacha | |||
“O‘zsanoatqurilishbank” | 26,9% | 1 yil | 50 mln.gacha | bank kartasiga |
27,9% | 2 yil | |||
28,9% | 3 yil | |||
26,9% | 1 yil | 30 mln.gacha | onlayn | |
“Universalbank” | 34% | 3 yil | 50 mln | bank kartasiga |