“Uzbekistan Airports” matbuot xizmati Toshkent aeroporti yaqinidagi old maydonni rekonstruksiya qilish boshlanganini maʼlum qildi.
Ish 20-iyuldan boshlandi. Qayd etilishicha, rekonstruksiya jarayonida yoʻlovchilar kuzatish va kutib olishdagi xalqaro terminalda avtoturargohlariga kirishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Kompaniya noqulayliklar uchun uzr soʻradi. Xabarda ishning aniq yoki taxminiy yakunlanish sanasi keltirilmagan.
Iyun oyi boshida Toshkent shahar hokimligi poytaxt aeroporti terminallari yonidagi avtoturargohlarni “Uzbekistan Airports” balansiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Hozir ular Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi balansida hisoblanadi.
Avtoturargohlar ishini avtomatlashtirish rejalashtirilgan, — deydi aeroport operatori rahbari Raʼno Joʻrayeva. Vokzal maydoni qayta obodonlashtiriladi — kutib oladiganlar va sayohatchilarga qulaylik yaratish, shuningdek, “taksilar bilan qaynoq masala"ni hal qilish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Spot” Toshkent aeroportidagi beshta savdo obyektini, jumladan taksi toʻxtash joyini ijaraga berish huquqini taqdim etuvchi auksion haqida yozgan edi.