21-iyul kuni Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda asosiy stavkani 1%ga pasaytirib, 15% darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Mart oyida bank asosiy stavkani yillik 17% ga koʻtargandi. Oʻshanda asosiy stavkaning oshirilishi sabablari etib:
- tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan yuqori noaniqlik va keskinliklar fonida devalvatsion va inflyatsion kutilmalar oʻsishining oldini olish;
- milliy valyutada jamgʻarish faolligini saqlab qolish;
- tashqi xatarlarning mamlakat iqtisodiyotga oʻtuvchi taʼsirini yumshatish orqali makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash kabilar koʻrsatildi.
Iyun oyida esa asosiy stavka 16%ga tushirildi.
Asosiy stavka 2020-yilning sentabr oyidan joriy yilning mart oyiga qadar yiliga 14% darajasida saqlanib kelayotgandi.