Mart oyining birinchi yarmida so‘m almashuv kursi o‘zining eng yuqori darajasiga yetib, yil boshidan 6,8%gacha qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Mart oyining ikkinchi yarmidan bugungi kunga qadar esa 5,2%ga mustahkamlandi.
Natijada, so‘mning AQSh dollariga nisbatan yil boshidan qadrsizlanishi 1,2%ga teng bo‘ldi.
Markaziy bankga koʻra, AQSh valyutasi kursi 21-iyul kuni 8 so‘m 15 tiyinga pastlab, 10 899 so‘mga yetdi.
Shu tarzda Amerika valyutasi oxirgi 4 kun ichida kamayishi 80 so‘mdan oshdi.
Xabar chop etilgan vaqtda aksariyat banklarda sotish kursi 10 960 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 10 860 so‘mdan 10 940 so‘mgacha.
Eng maqbul xarid kursini “Asia Alliance Bank”, “Invest Finance Bank”, “Agrobank”, “Ipoteka-bank”, sotish kursini esa — “Aloqabank”, “Kapitalbank”, “O‘zmilliybank”, “Trastbank” va yana 14 ta bank takliq qilmoqda.