Markaziy bank asosiy stavkani 15 foiz etib belgiladi

Asosiy stavka 1%ga pasaytirildi.



Uy-joy uchun subsidiya toʻlash tartibiga oʻzgartish kiritilmoqda. Asosiy tushunchalar

Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan oilalarga manzilli yetib borishi taʼminlanadi.



UzAuto Motors Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi

Avtomobillar sotuvi joriy yilning 30-avgustidan boshlanishi rejalashtirilgan.



Facebookʼning eʼlonlar tasmasiga oʻzgartirish kiritiladi

Ijtimoiy tarmoq oʻz tasmalariga TikTok kabi funksiyani qoʻshadi. Bu orqali yosh foydalanuvchilarni jalb qilish rejalashtirilgan.



Savdogarbank hujjatlardagi nomini Garant bankka oʻzgartirdi

Bank veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hozircha bu haqida xabar berilmagan.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. IT Park 39 ta kompaniyaning rezident maqomini bekor qildi. Roʻyxatdan “Include”, “Insane Tech”, “Soft Save Service”, “Robotics Lab Future Technology Company” va boshqalar joy oldi.
  2. Samsung yangi Galaxy smartfonlarining taqdimotini oʻtkazadi. Kompaniya “Galaxy Fold 4” va “Galaxy Flip 4” smartfonlarini namoyish qilishi kutilmoqda.
  3. Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti yaqinidagi hududni rekonstruksiya qilishni boshladi. Kompaniya rahbari Raʼno Joʻrayevaning fikricha, ushbu jarayon taksi muammosini hal qilishga yordam beradi.
  4. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 404 taga kamaydi. Kichik korxonalar soni esa 6 626 taga oshdi.
  5. Qanot Sharq aviakompaniyasi Samarqanddan Sankt-Peterburgga qatnovlarni amalga oshiradi. Parvozlar haftaning payshanba kuni amalga oshiriladi.
  6. Oʻzbekiston Ispaniyadan tezyurar elektropoyezdlar sotib olishni rejalashtirmoqda. “Buxoro-Urganch-Xiva” temiryoʻl liniyasi uchun 4 ta elektropoyezd sotib olish rejalashtirilgan.
  7. Markaziy bank yil oxirigacha “nisbatan qattiq” pul-kredit siyosatini saqlab qoladi. Regulyator yil oxirida inflyatsiyani taxminan 12%, iqtisodiy oʻsish surʼatlarini — 5% dan 5,5% gacha boʻlishini kutmoqda.
  8. Starbucks Buyuk Britaniya bozorini tark etmoqchi. Mamlakatda 25 mingdan ortiq qahvaxonalar faoliyat koʻrsatmoqda, “Starbucks” esa minglab raqobatga duch kelmoqda.
  9. O‘zbekistonda norezidentlar hisob-raqamlari 160 mingdan oshdi. Rossiyaliklar hisob-raqamida $115 mln miqdorida mablag‘lar mavjud.
  10. Iyun oyida eng koʻp qaysi avtomobil ishlab chiqarildi. Yengil avtomobillar soni boʻyicha Cobalt yetakchilik qilmoqda.
  11. Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi ikki barobarga o‘sdi. O‘sishning asosiy qismi Rossiyadan keladigan pul o‘tkazmalari hajmining ortishi hisobiga to‘g‘ri keldi.
  12. Energetika sohasida regulyator tashkil etiladi. U bozorning barcha qatnashuvchilari faoliyatini nazorat qiladi va tartibga soladi.
  13. Oʻzbekistonda toʻlov tashkilotlari soni 43 taga yetdi. “LIMON PAY” MChJga toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.
  14. Muomaladagi naqd pullar miqdori 40,5 trln soʻmni tashkil qilmoqda — Markaziy bank. Yil boshidan beri iyun oyida birinchi marta milliy valyutadagi naqd pullar 7 trln soʻmgacha oshdi.
  15. Ishsizlar soni 1,4 millionni tashkil etdi. Olti oyda 20 mingdan ziyod fuqaroga 21,4 mlrd so‘m ishsizlik nafaqasi to‘landi.
  16. Yil yakunigacha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga boʻlib beriladi. Kelgusi yilda yana qoʻshimcha 100 ming gektar ekin maydoni ham aholiga tarqatiladi.
  17. Tadbirkor ayollar uchun YeTTBning mentorlik dasturiga qabul boshlandi. Roʻyxatdan oʻtish 23-iyulga qadar davom etadi.
  18. Prezident xotin-qizlarga imtiyozli taʼlim kreditlari ajratish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Asosiy tushunchalar
  19. Yevropa Ittifoqi Rossiyaning yirik banklariga nisbatan sanksiyalarni yumshatishni koʻrib chiqmoqda. Oziq-ovqat va oʻgʻit sotib olishga qaratilgan aktivlarga qoʻyilgan blok olinishi rejalashtirilgan.
  20. Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi $6 mlrd ga oshdi. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport $9,9 mlrd.ni tashkil etdi.