Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati $94,2 mln.ga teng boʻlgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.
Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 294 508 donaga oshgan.
Oʻzbekiston 6 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
- Xitoy — 1 mln dona;
- Vyetnam — 137 149 dona;
- BAA — 94 565 dona;
- Hindiston — 90 679 dona;
- Qozogʻiston — 4 109 dona;
- Koreya — 1 914 dona.
Oylar kesimida telefon importi:
- yanvar — 129 766 dona;
- fevral — 284 461 dona;
- mart — 286 056 dona;
- aprel — 276 362 dona;
- may — 124 393 dona;
- iyun — 229 872 dona.
Avvalroq “Samsung” yangi “Galaxy” smartfonlarining taqdimotini oʻtkazishi haqida xabar berilgandi. Maʼlumotlarga koʻra, “Galaxy Fold 4” va “Galaxy Flip 4” smartfonlarini namoyish qilinishi kutilmoqda.