Tesla 2022-yilning 2-choragi boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etdi. Unda kriptovalyuta qadrsizlanishidan keyin $170 mln zarar koʻrilgani haqida soʻz boradi.

Kompaniya 2021-yil boshida bitkoinga $1,5 mlrd sarmoya kiritdi. 2022-yil 20-iyulda Tesla oʻzining bitkoinlarining taxminan 75%ini sotganini eʼlon qildi, bu balansni $936 mln.ga oshirdi. Ilon Mask buni Xitoyda anti-covid cheklovlari vaqtida likvidlikning oshishi bilan bogʻladi. Shu bilan birga, Tesla Dogecoin-dagi aktivlarni sotmadi.

Kompaniyada ayni vaqtda taxminan $218 mln.lik bitkoin aktivlari qoldi.

Mask kriptovalyutalarning sotuvini “bitkoinga hukm” sifatida qabul qilmaslikka chaqirdi va kompaniya kelajakda kriptovalyutadagi oʻz mablagʻlarini koʻpaytirishga ochiqligini qoʻshimcha qildi.

Avvalroq “Spot” “Twitter” Ilon Maskni sudga bergani haqida yozgan edi.