“UzAuto Motors” ijtimoiy tarmoqlarda dilerlik aksiyasi nomi ostida oʻtkazilgan sotsiologik soʻrovlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Unda ushbu jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrovlarga kompaniyaning aloqasi yoʻqligini maʼlum qilingan.
Taʼkidlanishicha, ushbu internet-aksiyasi firibgarlikning barcha belgilarini oʻzida namoyon etadi. Kompaniya fuqarolarni soʻrovda ishtirok etishda avtomobil vaʼda qilayotgan internet-firibgarlarining hiylalariga tushib qolmaslikka chaqirgan.
Bunday firibgarlik holatlari boʻyicha biron-bir maʼlumotga ega boʻlsangiz, +99878−141−77−77 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qiling, deyiladi xabarda.
Avvalroq “UzAuto Motors” hujjatlarni qalbakilashtirilganligi, tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi va shartnomalarni qoʻpol ravishda buzganligi sababli bir qancha dilerlik korxonalari bilan kelishuvlarni bekor qilgan edi.