4-avgust kuni “IT da firibgar sindromi. Tashxis qo‘yamiz va davo taklif qilamiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Tadbir spikeri — Svetlana Bodrenkova. U “EPAM"da kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish bo‘yicha menejer bo‘lib faoliyat olib boradi.
Ishtirokchilar firibgar sindromi, unga IT sohasidagilar qanchalik tez-tez duch kelishlari haqida bilib oladilar.
Onlayn uchrashuv 4-avgust soat 18:00 da boshlanadi.
Unda qatnashish bepul, buning uchun havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonga ishlash uchun ko‘chib kelgan rossiyalik IT-mutaxassislar haqidagi maqolalarni nashr qilgan edi.