Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 24 ta xorijiy davlatlardan qiymati $396 mln.ga teng boʻlgan 16 308 ta yengil avtomobillar import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.
Qayd etilishicha, avtomobillar, asosan, Xitoydan olib kelingan:
- Xitoy — 7265 ta
- Koreya — 4510 ta
- Qozogʻiston — 2896 ta
- Rossiya — 1192 ta
- AQSh — 180 ta
- BAA — 84 ta
- Yaponiya — 65 ta
- Germaniya — 48 ta
Avvalroq “Spot” “Chery” avtomobillarining sinov partiyasi iyul oyida Oʻzbekistonga kelishi haqida yozgan edi.