Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻrganish oʻtkazildi.
Natijada, 831 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. 527 ta holatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq qonunchilik talablari buzilgan.
Shuningdek, 185 ta holatda litsenziyalash va ruxsat berish bilan bogʻliq davlat xizmatlari koʻrsatishda qonunchilik talablari va belgilangan muddatlarga amal qilinmagan.
Shu bilan birga, 85 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgan.
“Davlat ekologik ekspertiza markazi” DUK tomonidan tadbirkorlarning ekologik ekspertiza xulosasi olish yuzasidan yoʻllangan 20 ta murojaatlarining koʻrib chiqish muddatlari oʻtkazib yuborilgan va ularga tekshiruv kunga qadar javob berilmagani maʼlum boʻldi.
Qayd etilgan kamchiliklarga yoʻl qoʻygan qoʻmita hamda uning tizimidagi tashkilotlarning 99 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Avvalroq Spot investitsiya shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi tasdiqlangani haqida yozgan edi.