Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati $41,5 mln.ga teng boʻlgan 184,7 mingta konditsioner import qilingan.
Konditsioner importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 62 mingtaga oshgan.
Oʻzbekiston bu mahsulotni, asosan, 27 ta davlatdan import qilgan. Asosiy yetkazib beruvchi Xitoy hisoblanadi:
- Xitoy — 174 391 dona
- Turkiya — 4 754 dona
- Ispaniya — 899 dona
- Litva — 811 dona
- Tailand — 772 dona
- Fransiya — 515 dona
- Koreya — 498 dona
- Italiya — 458 dona
- BAA — 388 dona
- Rossiya — 265 dona
- Hindiston — 211 dona
- Gruziya — 208 dona
- Germaniya — 124 dona
Avvalroq “Spot” Andijonda televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edi.