“ASR” MChJ tomonidan Andijonda televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
27-iyul kuni kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki mahsulotlar taqdimoti o‘tkazildi.
Korxona yiliga 50 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, u yerda 75 ta ishchi o‘rni yaratildi.
Kompaniya mahsulotlari brend darajasiga olib chiqilishi kutilmoqda.
Iyul oyida “Artel” Rossiyaga maishiy texnika eksport qilishi ma’lum boʻldi. Kompaniya Rossiya bozorining 5%ini egallashi kutilmoqda.
“Artel” Oʻzbekistondagi oltita zavodda yiliga 4 mln donadan ortiq uskunalar ishlab chiqaradi va MDH, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga eksport qiladi.
U “Samsung”, “Shivaki”, “Viessmann” kompaniyalarining mintaqaviy hamkori sifatida faoliyat olib boradi.