Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.
2022-yil 27-iyul holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol goʻshti (1 kg) — 49 500 — 77 000 soʻm;
- qoʻy goʻshti (1 kg) — 55 000 — 90 000 soʻm;
- kartoshka (1 kg) — 2000 — 6000 soʻm;
- piyoz (1 kg) — 2000 — 8500 soʻm;
- sabzi (1 kg) — 1000 — 6000 soʻm;
- tuxum (10 dona) — 7000 — 15 000 soʻm;
- guruch (1 kg) — 5000 — 25 000 soʻm;
- oʻsimlik yogʻi (1 l) — 15 600 — 30 000 soʻm;
- shakar (1 kg) — 11 000 — 18 000 soʻm.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Avvalroq Markaziy bank yil oxirigacha “nisbatan qattiq” pul-kredit siyosatini saqlab qolishi haqida yozgan edi.