Toshkent shahridan Rossiyaning yana ikkita shahriga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilyapti. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar berdi.
Xususan, avgust oyida Toshkent — Novosibirsk va Toshkent — Omsk yoʻnalishlari oʻz faoliyatini boshlaydi.
2022-yil 1-avgust kunidan boshlab, har dushanba kunlari soat 14:00 da Toshkent — Novosibirsk (803 000 soʻm), 2022-yil 6-avgust kunidan boshlab, har seshanba va shanba kunlari soat 23:30 da Toshkent — Omsk (803 000 soʻm) yoʻnalishida avtobus qatnovi amalga oshiriladi.
2022-yil 18-iyul kunidan boshlab, har dushanba va payshanba kunlari soat 12:00 da Toshkent — Moskva (1 003 000 soʻm) yoʻnalishida, har seshanba va juma kunlari soat 11:00 da Toshkent — Qozon (803 000 soʻm) yoʻnalishida, har chorshanba va shanba kunlari soat 16:00 da Toshkent — Sankt-Peterburg (1 253 000 soʻm) yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Avvalroq Toshkentdan Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlariga qatnov joriy etilgani haqida xabar berilgandi.