Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatga 35,3 mingta konditsioner eksport qilgan.
Eksportning umumiy qiymati $16,2 mln.ga teng boʻldi.
Oʻzbekiston 2022-yilning 6 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:
- Ozarbayjon — 15 318 ta
- Tojikiston — 6525 ta
- Qozogʻiston — 3534 ta
- Qirgʻiz R. — 3078 ta
- Rossiya — 2826 ta
- Turkmaniston — 2673 ta
- Turkiya — 492 ta
- Moldova — 459 ta
- Armaniston — 350 ta
Shuningdek, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati $41,5 mln.ga teng boʻlgan 184,7 mingta konditsioner import qilingan.