Rossiyaning ishga yollovchi agentliklari O‘zbekistonda ish boshlashlari mumkin, xabar beradi “Kommersant”.
24-fevraldan boshlab iqtisodiyotning turli sohalariga mansub ellikdan ortiq xorijiy kompaniyalar Rossiya hududida faoliyatini to‘xtatdi.
Ulardan ba’zilari Rossiya bozori uchun ommaviy xodimlar va top-menejerlarni tanlashga ixtisoslashgan.
“Ward Howell” boshqaruvchi hamkori Georgiy Abdushelishvili so‘zlariga ko‘ra, hozir barcha kompaniyalarda noaniqlik kuchaygan va ularning har biri bundan keyin qanday rivojlanishni hal qilishga majbur.
Kelajakda, Abdushelishviliga koʻra, mazkur kompaniyalarning bir qismi mamlakat tashqarisidagi yangi bozorlarda — Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Gruziya, Isroilda ish boshlashi mumkin.
“Biz kuchli ekspertizaga egamiz, shu sababli global kompaniyalarga kadrlar yollashda yetarlicha raqobatbardosh hisoblanamiz. Ko‘pincha Rossiya jamoalari ish tezligi va qaror qabul qilish darajasi bo‘yicha hatto xorijiy jamoalardan ham o‘zib ketadi”, — deydi u.
Rossiyaning barcha yirik kompaniyalarining MDHda vakolatxonalari bor. Hozirda ular bu bozorlarda o‘sish ehtimoli borligini tushunishmoqda.
Ukrainadagi urush Rossiyaga qarshi keng koʻlamli sanksiyalarga, shuningdek, Ford kabi koʻplab xorij kompaniyalarining chiqib ketishiga olib keldi.
Hatto sanksiyalar ostida qolmagan kompaniyalar ham oʻzgacha senzuraga duchor boʻlishdi, ayniqsa dasturiy taʼminot muhandislari qattiq zarbaga uchradi.
Bu, oʻz oʻrnida, 1,8 mln dan ortiq mutaxassisdan 70 mingga yaqinining dunyo boʻylab tarqalishiga olib keldi. Baʼzilar Estoniyaga, boshqalari esa butun Yevropa boʻylab tarqaldi. Shu oʻrinda O‘zbekistonga ham 10 mingga yaqini koʻchib keldi.