Qo‘qonda misdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish klasteri barpo etiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligida Avstriyada bo‘lgan delegatsiya Myuxeldorf va Vena shaharlaridagi “Niehoff Gruppe”, “ASMAG” va “UP CAST” kompaniyalarining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda mazkur kompaniyalarning texnologiyalari asosida misdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Wieland” kompaniyasi faoliyati tajribasini “Qo‘qon” EIZ hududida joriy qilish masalasi ko‘rildi.
Bundan maqsad — “Qo‘qon” EIZ hududida Avstriya, Germaniya va Finlyandiyaning ilg‘or innovatsiya texnologiyalari asosida misdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish klasterini barpo etish.
Uchrashuvda Farg‘onaning “MB Qo‘qon — 7” va Germaniyaning “Arinstein” kompaniyalari o‘rtasida loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi qiymati 44 mln yevroga teng shartnoma imzolandi.
Avvalroq “Spot” Buxoroda qiymati $4 mlrd.lik gaz-kimyo majmuasi barpo etilishi haqida xabar bergandi. U 2 mingdan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minlashi kutilmoqda.
Korxonada polietilentereftalat va polipropilen, shuningdek, etilenvinilatsetat, past zichlikdagi polietilen va 730 ming tonnagacha polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi.