Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (“OPEK”) Rossiya bilan raqobatlashishni maqsad qilgan emas, dedi tashkilotning bosh kotibi Xaysam al-G‘ays, xabar bermoqda “Reuters”.

U so‘nggi paytlarda neft narxining oshishi faqat Rossiya va Ukraina munosabatlaridagi vaziyat bilan bog‘liq emasligini bildirdi.

“Barcha ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, Rossiya-Ukraina munosabatlari yomonlashishidan oldin ham bozorlarda erkin ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi tufayli bir qator mamlakatlar bilan cheklangan narxlar asta-sekinlik bilan koʻtarila boshlagan”, deb aytib oʻtgan al-Gʻays.

Avvalroq “The Wall Street Journal” gazetasi “OPEK” a’zolari orasida Rossiyani neft kelishuvidan chetlashtirish g‘oyasi muhokama qilinayotgani haqida xabar bergandi.

Tashkilot buni g‘arb sanksiyalari va embargo Rossiyaning neft qazib olish qobiliyatiga putur yetkazishi mumkinligida deb tushuntirish berdi. Gazetaga ko‘ra, neft qazib olish 2022-yil oxiriga kelib 8%ga qisqarishi kutilmoqda.


“OPEK” davlatlari va unga aʼzo boʻlmagan davlatlar, jumladan, Rossiya (OPEK+) oʻrtasidagi kelishuv 2017-yildan beri amal qiladi.

Uning maqsadi oʻsha paytda narxlarning tushishiga turtki boʻlgan ortiqcha taklifni boshdan kechirayotgan neft bozorini barqarorlashtirish edi.

Dastlab, bu olti oy ichida alyans ishlab chiqarishni kuniga 1,2 million barrelga kamaytirishni nazarda tutgan. O‘shandan beri shartnoma bir necha bor uzaytirildi va parametrlar oʻzgartirildi.