Xivada joylashgan “Khiva Lokomotiv Hotel” mehmonxonasi auksion savdosiga qoʻyilgan. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Mehmonxona 2021-yilda qurilgan boʻlib, uning umumiy maydoni 1644 kv. metrni tashkil etadi.

Boshlangʻich sotuv narxi 27.8 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 1,3 mlrd soʻmni tashkil qiladi.

Auksion 22-avgust kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.


Avvalroq “Spot” don korxonalaridagi davlat ulushlari sotuvga chiqarilgani haqida xabar bergandi. Davlat aktivlarini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslar ariza namunasini 6-sentabr soat 18:00 ga qadar to‘ldirishlari kerak.

Korxonalar ro‘yxati va batafsil ma’lumot bu yerda.