Markaziy bank 2022-yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha banklarning moliyaviy holati sharhini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, banklar tomonidan 47,2 trln so‘m daromadlar olingan.

Shundan 42,4 trln so‘m miqdorida xarajatlar amalga oshirilgan va sof foyda 4,8 trln so‘mni tashkil etgan.

Kapital rentabelligi ko‘rsatkichi 13,2%, aktivlar rentabelligi esa 2,7% darajasida shakllangan.

Aktivlar va kapital rentabelligi ko‘rsatkichlari joriy yilning fevral va mart oylarida pasayish tendentsiyasiga ega bo‘lgan.

Bunga, ushbu oylarda kreditlar bo‘yicha yo‘qotishlarga qarshi shakllantirilgan zaxiralar hamda valyuta operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar o‘sganligi sabab bo‘lsa, keyingi oylarda esa foizsiz daromadlarning keskin o‘sishi hisobiga yaxshilangan.

2022-yilning birinchi choragida eng yuqori daromadlar ko‘rgan banklar bilan havola orqali tanishish mumkin.


Avvalroq “Spot” Oʻzbekistondagi banklar faollik indeksida “Kapitalbank” birinchilikni saqlab qolgani haqda xabar bergandi.

“Trast bank” reytingning ikkinchi pogʻonasini egalladi, “Hamkor bank” esa 1 pogʻonaga koʻtarilib, kuchli uchlikni yopdi.